Donald Tramp saylovoldi ştabining sobiq maslahatçisi Jorj Papadopulos «Rossiya aralaşuvi» işi yuzasidan FQBga yolğon guvohlik bergani uçun qamoq jazoga hukm qilindi. Unga ikki haftalik qamoq va 9 500 AQŞ dollari miqdorida jarima qöllanildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bundan taşqari, u 200 soat majburiy jamoat işlariga jalb etiladi, yana bir yil nazorat ostida böladi.
Sud hukmi e'lon qilinganidan söng, Papadopulos sud zalini tark etib, izoh berişdan boş tortdi. Şunga qaramay, uning yaqinlari xabariga köra, sudyaning qaroridan mamnundirlar. «Men uşbu qarordan juda mamnunman. U adolatli böldi. Men bundan ham qisqa muddatni xohlagandim, biroq bu qörqinçli emas. Bu unga nimalar sodir bölayotgani haqida öylab körişga vaqt beradi», - deya uning onasi Kiki Papadopulosning sözlarini keltiradi Reuters. Şu bilan birga, u öğli hamon Trampni qöllab-quvvatlaşda davom etayotganini ta'kidladi.
Prokurorlar sud jarayoni davomida Papadopulos uçun olti oygaça qamoq jazosini talab qilişdi. Prokuror Endryu Goldşteynning alohida qayd etişiça, ayblanuvçi, öz bayonotlariga qaramay, tergov bilan hamkorlik qilmadi.
Papadopulos AQŞda 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasida Donald Trampning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi edi. FQBning prezidentlik saylovlariga «Rossiya aralaşuvi» böyiça iş doirasidagi tergovi davomida, u maxsus xizmat agentlariga yolğon guvohlik berib, rossiyalik rasmiylar bilan öz uçraşuvlarini rad etdi hamda Demokratiya partiya serverlari rus hakerlari tomonidan buzib kirilgani böyiça ma'lumotni bermadi. Biroq, 2017 yilda Papadopulosning Rossiya amaldorlari bilan aloqalari haqida ma'lum böldi, bu uni jinoiy ta'qib etişga olib keldi. 2017 yilning noyabrida u tergov bilan kelişuv doirasida öz aybini tan oldi.












