Gulistonda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, şahar va tuman Kengaşlarining böşab qolgan öringa Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi saylovi böyiça qöşma majlisi bölib ötdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Unda mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Bek klaster” korxonasi rahbari, 4-Namuna saylov okrugidan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi deputati Uluğbek Norxojayeviç Sotiboldiyev 98,4 foiz ovoz bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylandi.

U. Sotiboldiyev 1976 yilda tuğilgan. Guliston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida iqtisodçi-menejyer ixtisosligi böyiça ta'lim olgan. Faoliyatini oddiy xodimlikdan boşlab keyinçalik tadbirkorlikni yölga qöygan. Hozirgi kunda u bir neça tadbirkorlik sub'yektlari hamda “Bek klaster” qöşma korxonasini boşqarib kelmoqda. U rahbarlik qilayotgan tizimda 4000ga yaqin iş örni yaratilgan.

U. Sotiboldiyev Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida prezident farmoniga köra “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan.