Pentagon Suriya janubi-şarqidagi amerikaparast kuçlarning Et-Tanf fortpostiga dengiz piyodalari qismlarini jönatdi. Bu harakat Rossiya harbiy havo kuçlari uşbu hududdagi jangarilarga hujum qilişi haqida ogohlantirganidan keyin röy bermoqda.

Amerika naşrlari ma'lumotlariga köra, IŞIDga qarşi kuraşayotgan AQŞ boşçiligidagi koalitsiya bazasiga yana 100 nafardan ortiq harbiy keltirilgan.

Ayni vaqtda Et-Tanf bazasi atrofida 55 kilometrlik «qurolli töqnaşuvlardan xoli hudud» taşkil etilgan. Bazada amerikalik, britaniyalik va norvegiyalik, jami 600 nafardan ortiq harbiy joylaştirilgan. Bu yerda şuningdek, Iordaniya maxsus xizmati vakillari ham bor. Bu harbiylar Suriya muxolifatini harbiy tayyorgarlikdan ötkaziş bilan maşğul böladi. Bu yerdagi Amerika maxsus xizmatlari jangçilari soni şu paytga qadar 100 nafardan ortiqni taşkil etardi.

Pentagon rasmiysi ma'lumotiga köra, keyingi haftada Rossiya tomoni amerikalik harbiylarni şu hududga yaşiringan IŞID jangarilari ustiga aviazarbalar berişga tayyorgarlik körilayotgani töğrisida ikki marta ogohlantirgan.

«Qöşma ştatlar ruslar, Suriya hukumati qöşinlari va mamlakatdagi fuqarolik uruşini olovlantirayotgan boşqa kuçlar bilan uruşişni istamaydi. Ammo Qöşma ştatlar uşbu hududdagi amerikalik harbiylar, koalitsiya kuçlari va ittifoqçilar himoyasini kuçaytirişni davom ettiradi», deydi AQŞ Markaziy qömondonligi vakili podpolkovnik Edl Braun.