Mehnat huquqlari poymol etilayotgan yoki iş beruvçi tomonidan vakolati va majburiyatiga kirmaydigan işga majburlanayotgan fuqarolar 1092 qisqa telefon raqamiga qönğiroq qilib, şikoyatlarini qoldirişlari mumkin. Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligida bölib ötgan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qilindi. Bu yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatga yöl qöyilmasligiga doir ma'lumotlar berilgan tadbirda, Özbekiston hukumati va mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari respublikaning 34 tumanida paxta yiğim-terimiga umuman aralaşmasligi haqida ta'kidlandi. Bandlik va Mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev şunday bayonot berdi. 

“Bu yil mamlakatning 34 tumanidagi paxta yiğib olişiga mahalliy hokimliklar mutasaddilari jalb etilmaydi. Fermerlar yetiştirgan hosilni qanday yiğib olişni özlari hal qilişlari kerak. Paxta topşiriş şartnomaviy majburiyatlari uçun özlari javob berişadi”, - dedi Şerzod Kudbiyev OAV vakillari bilan uçraşuvda. 

Uning bildirişiça, bu yil paxta yiğim-terimida majburiy mehnatga umuman yöl qöymaslik, ixtiyoriy mehnatni rağbatlantiriş borasida respublika hukumati tomonidan juda katta işlar amalga oşirilmoqda. Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi ham bu borada innovatsion texnologiyalardan foydalanişni yölga qöymoqda. 

Xususan, bu yil paxta terişga ixtiyoriy çiqişni xohlagan kişi “Paxta terim 2018” Telegram boti orqali murojaat qilişi mumkin böladi. Bu vazirlikning joylardagi bölimlariga kelib tuşadi hamda idora xodimi ixtiyoriy ravişda murojaat qilgan fuqaroni paxta terimiga jalb qiliş çorasini körişi kerak böladi. 

Şu bilan birga, ayni Telegram messenjerida “Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” boti ham işga tuşirilmoqda. Mazkur bot orqali har qanday mehnat qonunçiligi buziliş holatlari, jumladan paxta terim mavsumida majburiy mehnatga yöl qöyilayotgani yoki şu kabi salbiy hodisalar böyiça murojaat yöllaş mumkin böladi. Şerzod Kudbiyevning alohida ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar ham tahliliy-tanqidiy örganiladi. 

“Qonun buziliş holatlari qayd etilsa, keskin çoralar köriladi. Bunda murojaatçi yolğon xabar bergan bölsa, unga ham çora körilişi ta'minlanadi. Agar mansabdor şaxs majburiy mehnatga yöl qöysa, lavozimidan ozod etişgaça bölgan javobgarlik yuklanadi. Bu men aytayotgan gap emas. Bu davlat rahbarining bevosita siyosiy irodasi va körsatmasidir”, - dedi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi rahbari.