Hayotga eng yaxşi javob undan foydalanişdir.
YouTube’da köriş
Audio versiyasini tinglaş
Deylik ixtiyoringizda barça yumuşlarngizni bajaradigan xizmatkor bor. Siz undan öz maqsadlaringiz yölida foydalanişingiz, unga faqat buyruq berişingiz mumkin. Ammo unga egalik huquqini bermaysiz. Unga hisobot topşirmaysiz. Faqat undan töğri foydalana olsangiz bas. Olloh taolo bizlarga dunyo hayotini xizmatkor qilib berdi. Bilingki, bu dunyoda qaysidir narsa közimizni quvnatib, özi bilan bizlarni maşğul qilsa, ana öşa dunyo hayotining tutgan yölidir. Siz ham öşa yölda bölsangiz, demak, hayot sizga emas, siz hayotga xizmatkorsiz.
Hayot beşafqat. U xizmatkorini ayamaydi. Hayot sizni to tubanlik girdobiga taşlamagunça, xotirjam bölmaydi. Hayotdan töğri foydalanişingiz – hayotga beriladigan javobdir! Bas, töğri yaşaşga örganing. Yodingizda tuting, siz hayotga emas, hayot sizga xizmatkor.
Hayot imtihondir. Natija haqqoniy bölişini istasangiz, tayyorgarlikni ham haqqoniy qiling. Imtihon maşğulotlaridan – ibodatlardan qoçmang. Ertaga, imtihon topşiriş paytida hammaning oldida yiqilişni köz oldingizga keltiring. Maşğulotni – ibodatni qança köpaytirsangiz, yakka-yu yagona hakam – Ollohning huzurida yuzingiz yoruğ böladi.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar










