Şvetsiyada 9 sentabrda parlament saylovlari bölib ötmoqda. Saylovlarda iştirok etiş uçun ovoz beriş huquqiga ega bölgan 7,3 mlnga yaqin kişi taklif qilingan. Qirollik fuqarolari keyingi 4 yil uçun bir palatali qonunçilik yiğini – rikstagning bölğusi a'zolarini saylaşadi.
Rikstagga saylovlar proporsional tizim böyiça ötkaziladi. Unda hammasi bölib 349 ta mandat bor. Saylovlarning ilk natijalari saylov uçastkalari yopilgandan 2-3 soat ötib ma'lum qilina boşlanadi.
Saylovlar oldidan ötkazilgan sörovnomalar hukmron Sotsial-demokratik partiyani qöllab-quvvatlovçilar (25 foiz) köpligini körsatgan. Öng sentristik koalitsiyaviy partiyani söralganlarning 17 foizi qöllab-quvvatlaşini aytgan.
Şu bilan birga sotsiologlar sotsial-demokratlarning aholi tomonidan qöllab-quvvatlanişi ança kamayganini ta'kidlaşmoqda. Oxirgi yillarda öng populistik Şved demokratlari partiyasi reytinglari ança oşgan. Ularni söralganlarning 17 foizdan köproği qöllab-quvvatlagan. Bu partiya ommalaşişiga birinçi navbatda iqtisodiy omillar emas, balki fuqarolarning hukumatning migratsiya siyosatidan noroziligi olib keldi.
10 mlnlik aholiga ega Şvetsiya 2015 yilning özida 160 mingga yaqin boşpana izlovçini qabul qilgan. Aholi soniga nisbatan bu Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasida eng yuqori körsatkiçdir. Öşanda Şvetsiya qoçqinlar oqimini töxtatiş maqsadida çegara nazoratini kiritişini ma'lum qilgan.












