Jyenevada rejalaştirilgan maslahatlaşuvlar bekor qilinganidan keyin Xodeyda port şahri yaqinida Yaman hukumat kuçlari hamda isyonkor xusiylar ("Ansor Alloh" tarafdorlari) örtasidagi harbiy töqnaşuvlar natijasida kamida 84 kişi halok böldi. AFP şifokorlarning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, halok bölganlar orasida 11 nafari - hukumat harbiy kuçlari vakillari bölsa, 73 nafari - xusiylar.
Yaman böyiça ziddiyatning ikki tomoni tarafdorlari iştirokidagi maslahatlaşuvlar 6 sentabr kuni boşlanişi kerak edi. Biroq unga faqat Yaman hukumati delegatsiyasigina taşrif buyurdi, "Ansar Alloh" harakati vakillari esa Jyeneva tomon yölda nafaqat töxtatilmasligi, balki maslahatlaşuvlardan keyin ortga xavfsiz qaytişiga kafolat talab qilib, Sanoni tark etişdan boş tortişdi.
Yaman taşqi işlar vaziri Xolid Al-Yamaniy şanba kuni Şveytsariyadagi maslahatlaşuvlarning bekor qilingani uçun javobgarlikni "Ansar Alloh" harakati zimmasiga yukladi. Jyenevadagi matbuot anjumanida u xusiylarning xatti-harakatlarini şantaj sifatida baholadi.
2014 yilning avgustidan Yamanda hukumat kuçlari va "Ansor Alloh" tarafdorlari örtasida harbiy nizolar davom etmoqda. 2015 yilning martida Saudiya Arabistoni tomonidan boşqariluvçi koalitsiya işğolidan söng u yanada faol fazaga ötdi.











