AQŞning Minnesota va Ogayo ştatlari tadqiqotçilari guruhi Antarktidaning yuqori sifatdagi eng aniq xaritasini e'lon qildi. Bu haqda Phys.org portali ma'lum qilmoqda.

Xarita qit'aning taxminan 14 mln kvadrat kilometr hududini qamrab olgan. Endi olimlarga Antarktidadagi barça toğlar va muz qoplamining santimetrigaça ma'lum.

Bunday yuqori aniqlikdagi xaritani yaratiş uçun olimlar bir neça millionta suratni Blue Waters superkompyuteri yordamida qayta işlaşgan. 

E'tiborlisi, uşbu xaritaning hajmi 150 terabaytni taşkil qiladi.