«Ayaks» yarimhimoyaçisi Frenki de Yong Ispaniya transfer bozorida talabgir futbolçilardan biri bölib turibdi, deb yozadi El Desmarque.
21 yoşli uşbu futbolçiga «Barselona»ning da'vogar ekani heç kimga sir emas. Kataloniya klubi ança vaqtdan buyon Frenki uçun kuraşib kelmoqda. Manba yangiligiga köra, endilikda u uçun «Real» klubi ham raqobatga kirişadi. «Qaymoqranglilar» Niderlandiya terma jamoasining uşbu a'zosiga «Inter»ga ötişni istayotgan Luka Modriçning örinbosari sifatida qaraşmoqda.
Amsterdam klubi ötgan yozda de Yongni «Barsa»ga sotmagan, bunga yana bir mavsumdan söng futbolçining transfer qiymati yanada kötarilişi mumkinligi sabab ekani aytilgandi. Şuningdek, «Ayaks» uşbu yarimhimoyaçisini «Tottenhem»ga 50 million yevroga sotmagani haqida ham miş-mişlar bor.












