Britaniya parlamentidagi konservatorlar boş vazir Tereza Meyni iste'foga çiqarişmoqçi. Bi-bi-si agentligi xabariga köra, 50 nafarga yaqin deputat uning Yevropa Ittifoqi bilan kelişuv borasidagi taklifidan ğazablanişgan.
Hukumat rahbari 2019 yil martida yakunlanadigan Breksit jarayonidan keyin ham YeI bilan erkin savdo hududida qoliş böyiça taklif bildirgandi.
Konservatorlar partiyasi a'zolari, aksilevropa qaraşlarga ega bölgan deputatlar 11 sentabr kuni özaro uçraşişgan va Mey xonimning rejalarini muhokama qilişgan. Konservatorlar boş vazirning rejasini halokatli deb ataşgan.
Qayd etilişiça, boş vazirning iste'foga çiqişi uçun 15 foiz parlamentariy (48 kişi) işonçsizlik votumi bildirişi kerak böladi. Agentlik manbasi sözlariga köra, ayni vaqtda bu masala muvofiqlaştirilmoqda hamda şu haftalarda kun tartibiga olib çiqiladi.












