Apple kompaniyasi rasmiy saytdan iPhone X, SE va 6s haqidagi ma'lumotni olib taşladi. Bu esa, smartfonlarni işlab çiqariş hamda sotiş töxtatilganini anglatadi.
Kompaniya 12 sentabr, çorşanba kuni taqdimot ötkazib, yangi smartfonlarini körsatdi. Ularning anonsidan keyin saytdan «eskirgan» telefonlar olib taşlandi. Şu tariqa, hozirgi paytda faqat Phone Xs, Xs Max, Xr, 8 va 7’ni sotib oliş mumkin. Kompaniya bu modellar uçun aksessuarlar sotuvini ham töxtatdi.
Bundan taşqari, yangi iPhone’lar töplamida 3,5 millimetrlik jyekka Lightninğga ega bölgan ötkazgiç bölmaydi hamda kompaniyaning barça hozirgi smartfonlari quloqçinlar uçun raz'yomlar bölmaydi.
Yangi iPhone Xs va Xs Max diagonali 5,8 hamda 6,5 dyuym bölgan OLED-displeylarga ega. iPhone Xr 6,1-dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlandi. Barça uçta smartfon yangi Apple A12 protsessori bazasida işlaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Apple yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etgandi.












