2018 yil boşidan beri Suriyada tinç aholiga qarşi uç marta xlor qöllangan. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi dokladida aytilgan.

Hujjatda ta'kidlanişiça, Suriya hukumat kuçlari Şarqiy Ğuta ustidan nazoratni qaytib oliş uçun gavjum aholi punktlariga bir neça marta zarbalar bergan. Hujjatga köra, hukumat kuçlari 22 yanvar va 1 fevralda Duma va Şarqiy Ğutada bir qator hujumlarni amalga oşirgan.

Ma'lum qilinişiça, birinçi hujumda 6 bola, 7 ayol va 8 erkak, ikkinçisida esa 3 ayol jarohat olgan.

“Guvohlarning aytişiça, ular xlorga xos bölgan hidni sezişgan. Ba'zi guvohlar uşbu hidni maişiy kimyoga xos, biroq keskinroq deb ta'riflaşgan”, deb aytilgan dokladda.

Hujjatda aytilişiça, xlordan 4 fevralda Idlibda ham foydalanilgan. Hukumat vertolyotlaridan Sarakiba şahrining Talil tumaniga kamida 2 boçka xlor taşlangan. Hujum oqibatida kamida 11 kişi jabrlangan.