Xitoyning Xen'yan şahridagi maydonlardan birida yöltanlamas haydovçisi olomonni bosib ketdi. Buning oqibatida 3 kişi halok bölgan, 43 kişi jabrlangan, deb ma'lum qildi Paper naşri. 

Voqea 12 sentabrda mahalliy vaqt bilan 19:40da sodir bölgan. Qizil yöltanlamas haydovçisi noma'lum sabablarga köra odamlar ustiga bostirib borgan. 

Haydovçi qölga olingan, uni buni sodir etişga nima undagani noma'lumligiça qolmoqda.

Ta'kidlanişiça, odamlar odatdagidek keçki vaqt sayr qiliş va köngilxuşlik qiliş uçun maydonda yiğilganlarida Yan Tszanyun ismli 54 yoşli erkak avtomobilida odamlarni bosib ketgan. Ma'lum qilinişiça, erkak bir neça marta sudlangan bölgan.

Mahalliy OAVning yozişiça, voqea sababçisi bölgan erkak saraton bilan oğir kasallangan va “jamiyatdan darğazab” bölgan. Aynan şu omil uning bu qilmişiga sabab bölişi mumkin. Biroq bu axborot rasman tasdiqlanmagan.

Politsiya uşbu voqeaga hozirça heç qanday izoh bermagan.