Suriyaning Idlib viloyatida joylaşgan Turkiya harbiylari Başar Asad armiyasining uşbu hududga hujum qilişi haqidagi xabarlar ortidan öz pozitsiyalarini mustahkamlab, bölajak hujumni qaytarişga hozirlik körmoqda. Bu haqda Livandagi The Daily Star naşri Suriya muxolifati va turk harbiylari orasidagi manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
«U yerda bizning harbiylarimiz joylaşgan. Agar ularga zarar yetkazilsa, ularga hujum uyuştirilsa, bu Turkiyaga hujum sifatida qaraladi va munosib javob qaytariladi», degan turk harbiylaridan biri.
Idlibda Turkiya kuzatuv postlari Suriyada deeskalatsiya hududlari barpo etiş böyiça kelişuv asosida joylaştirilgan.
Manbaning aytişiça, Turkiya bu hududdagi postlar himoyasi uçun önlab oğir zirhli texnikalarni hamda maxsus tayyorgarlikdan ötgan jangçilar bölinmalarini yöllagan.
«Turkiyaning Suriyadagi pozitsiyalari himoyasini jiddiy kuçaytirişga töğri keldi. Kuzatuv postlari amalda doimiy harbiy bazalarga aylanmoqda», degan muxolifatdagi Suriya ozodlik armiyasi vakili.
Ötgan haftada Tehronda Eron, Rossiya va Turkiya rahbarlari iştirokida ötkazilgan sammitda prezident Rajab Toyyib Erdöğan agar Suriya va ittifoqçilari Idlibga hujum uyuştirsa, mintaqada keng kölamli yangi ziddiyatlar boşlanib, «navbatdagi yirik gumanitar halokat» yuzaga kelişidan ogohlantirgandi.













