Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Islom Karimov ham aloqalarni jonlantirish niyatida edi». Lukashenko tashrifga tayyorgarlik haqida gapirdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifiga 2 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda Belarus prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunida jurnalistlarga so‘zlab berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Aleksandr Lukashenkoning tashrifi bo‘yicha u 2016 yil kuzida Samarqandga, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning dafn marosimida ishtirok etish uchun kelganida kelishuvga erishilgan. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbarini O‘zbekistonga taklif etgandi.
«Bilasizmi, O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov ham biz uzoqlashib ketganimizni his qilgandi. U ham ikki davlat munosabatlarda sukut paydo bo‘lganini anglab yetgan edi. Hayotining oxirgi yillarida biz u bilan o‘zaro aloqalarni jonlantirish uchun o‘zaro tashriflar amalga oshirish bo‘yicha kelishib olgandik.
Keyin u olamdan o‘tdi. Biz Shavkat (Shavkat Mirziyoyev) bilan Samarqandda uchrashganimizda, mavjud muammolar haqida gaplashdik.
Islom tirik bo‘lganida (Islom Karimov), bu tashrif protokol tashrif bo‘lardi. Shavkat Mirziyoyevga esa shoshilmasdan, katta tashrif tashkillashtirishni taklif qildim. Biz har tomonlama puxta hozirlik ko‘rdik. Ikki yilda ushbu tashrif amalga oshdi, yakuni esa sermahsul.
Biz turistik tashrif bilan kelmadik. Men buni his qilmoqdaman. Biz bu yerga muayyan takliflar bilan keldik», deya Belarus rahbarining so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Belarus prezidenti 24 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu rasmiy tashrifi davomida 19ta hujjat imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bunday amaliyot ikki mamlakat siyosiy tarixida kuzatilmaganini e'tirof etishdi.
Mavzuga oid
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025