Dilorom Ğofurjonovna Toşmuhamedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor, Dildora Mirsabitovna Karimova va Dilbar Magribjanovna Alimjanova uşbu markaz direktor örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
“Oila” markazi oila institutini mustahkamlaş va rivojlantiriş, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etiş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş sohasida respublikaning yetakçi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Dilorom Toşmuhamedova Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri bölgan. Ma'lumoti böyiça şifokor. 1984 yilda Toşkent Davlat tibbiyot institutini va 2003 yilda Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan.

















