Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 10 sentabrdagi 3938-sonli qaroriga asosan Dilşod Şuhratoviç Sultonov Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği - vazir örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Dilşod Sultonov 1980 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, iqtisodçi. 2002 yilda Toşkent temir yöllari va transport institutini tamomlagan.

Moliya vazirligi tizimida iş faoliyatini 2003 yildan boşlagan. 2003-2012 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boşqarmasi boş iqtisodçisi, bölimi boşliği örinbosari, bölim boşliği. 2013-2017 yillarda Moliya Vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boşliği, Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2017 yilning sentabr oyidan hozirgi kungaça Dilşod Sultonov Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjyeti boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moliya vazirligida yangi tayinlovlar yuz bergandi.