Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko xorijiy davlatlar rahbarlari orasidan birinçi bölib Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning şahardan taşqaridagi qarorgohiga taşrif buyurdi. Bu haqda BeLTA xabar tarqatdi. 

«Qaynarsoy» qarorgohi Toşkentdan 90 km uzoqlikda, Çorvoq suv ombori yonida, ğarbiy Tyan-Şanning etagida joylaşgan. U dengiz sathidan 900 metr balandlikda qurilgan. Hududda bir neçta turar-joy inşootlari, vertolyot maydonçasi va bandargoh (kemalar boğlab qöyiladigan joy) mavjud.

BeLTA ma'lumotiga köra, bundan avval Şavkat Mirziyoyev «Qaynarsoy»ga xorijiy yetakçilarni taklif qilmagan.

Eslatib ötamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning Özbekistonga taşrifi doirasida şeriklikning ustuvor yönalişlari böyiça 19 hujjat imzolandi. 

Bundan taşqari, Toşkentda bölib ötgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bölgan şartnoma va bitimlar imzolandi.