«Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti har yillik jahon davlatlarida matbuot erkinligi reytingini e'lon qildi.
Reyting natijalariga köra, Özbekiston matbuoti 61.15 körsatkiç bilan 165-örinda qolgan.
«Çegara bilmas muxbirlar» mamlakatimizdagi söz erkinligi holatini «murakkab» deb baholamoqda. Özbekiston reytingda ötgan yili 169-örinni egallagandi, 2018 yil bahorida e'lon qilingan reytingda 4 poğona kötariliş kuzatilgan va 165-örin zabt etilgandi.
Reytingda kuçli beşlikni Norvegiya, Şvetsiya, Niderlandiya, Finlandiya va Şveytsariya zabt etgan. Reytingda oxirgi örinlarda Turkmaniston, Eritreya va Şimoliy Koreya joylaşgan.
Matbuot erkinligi reytingi «mahalliy jurnalistlarning erkinlik darajasi»ga köra saralangan 180 ta davlat röyxatidan iborat.
U turli davlatlardagi jurnalistlar, yuristlar va sotsiologlarning maxsus anketasiga berilgan javoblariga köra tuziladi. Anketa savollari jurnalistlar işi bilan boğliq keng doirali mavzularni qamrab oladi — qonunçilik, özini özi senzura qiliş, medianing erkinligi, fikrlar plyuralizmi, turli institutlar va idoralarning jurnalistlar bilan işlaşga tayyorligi va hokazo.
Bundan taşqari, baholaşda öldirilgan, qamoqqa taşlangan jurnalistlar soni, şuningdek jinoiy ta'qib qilinayotgan blogerlar va jurnalistlar assistentlari kabi ayrim qöşimça mezonlar ham hisobga olinadi.
Ma'lumot uçun, «Çegara bilmas muxbirlar» xalqaro nohukumat taşkiloti 1985 yili Fransiyaning Monpele şahrida taşkil etilgan. Taşkilotning asosiy maqsadi butun dunyodagi matbuot sohasida faoliyat yuritayotgan taşkilotlar va insonlar manfaatini himoya qiliş hisoblanadi. Boş ofisi Parijda joylaşgan bu taşkilotning şiori «Erkin matbuotsiz biror töqnaşuv va kuraş haqida heç qaçon bilib bölmaydi».











