11-12 sentabr kunlari «Masjid va madrasalar uçun kitob aksiyasi» doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Şerobod, Qiziriq, Boysun, Jarqörğon, Muzrabod va Qumqörğon tumanlaridagi 44 ta masjidga jami hisobda 50 mln sömlik 1848 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda Fond Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz

Masjidlarning har biriga «Qur'oni karim», muftiy Usmonxon Alimovning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak vasiyatlari», «Oilada fazrand tarbiyasi», şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» töplami, «Ruhiy tarbiya» töplami, «Hadis va hayot» kitobidan 6 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan sörang» kitobidan 4 ta juz, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon», «Oçiq xat», «Tasavvuf haqida tasavvurlar» kitoblari, şu bilan birgalikda masjid ahli uçun kerakli deb hisoblangan «Ökinma», «Yengil amallar», «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ahli bayt», «Hanafiy fiqhidan savol-javoblar», «Ğiybat özi nima?», «Islomda oila» «Nurul basar» «Imomlik buyuk mas'uliyat», «Siz qanday yaşamoqçisiz?», «Rasulullohning şaklu şamoillari», «Siyrat solnomasi», «Rasulullohning ajdodlari», «Rasulullohning axloq-odoblari» «Men ham namoz öqiyman», kabi kitoblar Alloh yölida vaqf mulki qilib berildi.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz