Turk lirasi kursining pasayişi Anqaraning Turkiyaga hurmatsizlik qilgan AQŞning talablarini bajarişdan boş tortgani oqibati hisoblanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytib ötdi. Uning ta'kidlaşiça, Turkiya milliy valyutasi qadrsizlanişi sababi siyosiydir.
Erdöğanning aytişiça, Turkiya bugungi kunda duç kelayotgan muammolar birorta davlat özining töliq siyosiy va iqtisodiy xavfsizligini ta'minlay olmasligidan darak bermoqda.
Erdöğan şu munosabat bilan Anqaraning sabri tugayotgani va u taşqaridan bosim ötkazilişiga qarşi qöl qovuştirib ötirmasligini aytgan. Turkiya prezidentining aytişiça, Turkiyaning uning iqtisodiyotini moliya bozoridagi manipulyatsiyalar yordamida putur yetkazişga urinişlarga eksport, işlab çiqariş va bandlikni oşiriş javob böladi.
Erdöğan barça omonotlar turk lirasida jamğarilişi lozimligini aytgan. Bunda aktivlarni xorijiy valyutadan liraga ötkaziş muhimdir.
Erdöğan fuqarolarni milliy valyutaga işonişga çaqirgan. “Fuqarolarga aytaman: turk lirasiga işoning! Import va eksport bilan şuğullanmaydiganlarga xorijiy valyuta kerakmas”, deb aytmoqda Erdöğan.
Erdöğan Turkiya yaqin orada iqtisodiyotdagi salbiy holatni yengib ötişiga umid bildirgan. “Biroq biz muammolar ortida boyişni istaganlarni ham, oğir daqiqalarda qöllab-quvvatlagan va jonbozlik körsatganlarni ham unutmaymiz”, deb va'da qilgan Erdöğan.
“Turkiya murakkab davrni boşdan keçirmoqda. Aynan şunday vaqtda hamyurtlari kulfatlarida boyimoqçi bölib, davlat va xalqni sotayotganlar kimligi, işlab çiqariş va bandlikni oşiriş uçun barça imkoni bor işni qilayotganlar kimligi ayon böladi. Turkiya va xalqi manfaatlaridan özining manfaatlarini ustun qöyuvçi odamlar kimligini bilmoqdamiz”, deb aytgan Erdöğan.

















