Wyborcza naşri Polşa prezidenti Anjyey Dudaning saylovoldi ştabi 2015 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida “avtomatik izohlar”dan foydalanganini tasdiqlovçi hujjatlarni çop etdi. Ötkazilgan taftişga köra, ştab internetda forumlar va boşqa bahs-munozara maydonçalarini moderatsiya qilgan botlar xizmatlaridan foydalangan. 

Bir izohni moderatsiya qiliş 2 zlotiy (50 sent atrofida) turgan. Har oy 5 mingga yaqin izoh joylaştirilgan. Körsatilgan xizmatning umumiy narxi 2015 yil marti uçun 40 ming zlotiyni taşkil qilgan.  

Buyurtma “Firma Elchupacabra” firmasi tomonidan bajarilgan. Naşr bu firmaning ofisi oddiy uyda joylaşgani, uning eşigini heç kim oçmayotgani, körsatilgan telefon raqamiga tuşib bölmayotganini ma'lum qilgan.

Polşa Davlat saylov komissiyada Duda ştabi “avtomatik izohlar”ni internetda joylaştiriş uçun tuzgan bitim bor bölib, mutaxassislarning fikriça, bu botlardan, ya'ni soxta akkauntlardan foydalanilganiga işora qiladi.

Naşrdagi maqolada keltirilişiça, 2015 yil fevralidan apreligaça Dudani qöllab-quvvatlaş darajasi keskin oşgan. Şu bilan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda boşqa nomzod – Bronislav Komorovskiy nomiga köplab salbiy xabarlar köpaygan.