Ispaniya çempionatining 4-turida «Barselona» «Real Sosedad» mehmoni böldi.
Maydon egalari öyinning 12-daqiqasidayoq Elustondoning zarbasi evaziga hisobni oçişdi.
Kataloniyaliklar faqat ikkinçi bölimga kelibgina vaziyatni öz tomonlariga oğdirişga muvaffaq bölişdi. 63- va 66-daqiqalarda Suares hamda Dembele bittadan gol urib, ğalabani ta'minlaşdi.
Bu ğalabadan keyin «Barselona» 100 foizlik natija körsatgan holda Ispaniya primerasi turnir jadvalida 12 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Real Sosedad» esa 4 öyinda 1 ğalaba va 1 durang evaziga 4 oçko töplab, turnir jadvalida 15-örinda joylaşgan.
Ispaniya çempionati
4-tur
Real Sosedad – Barselona 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 12 Elustondo, 1:1 – 63 Suares, 1:2 – 66 Dembele.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, Teo, Saldua, Moreno, Pardo (Sangali, 82), Ilyarramendi (Merino, 82), Xuanmi, Surutusa (Bautista, 73), Oyarsabal, Subeldiya.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rafinya (Buskets, 57), Rakitiç, Dembele (Vidal, 77), Nelson Semedu (Koutino, 46), Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Ilyarramendi (43), Umtiti (87).












