Sport | 08:30 / 16.09.2018
24660
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Ibrahimovich faoliyatidagi yubiley golni ham akrobatik uslubda urdi

«Los-Anjyeles Gelaksi» MLS chempionati doirasida «Toronto»ga yutqazdi. Torontodagi «BMO Fild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

«Gelaksi»ning gollaridan biriga Zlatan Ibrahimovich mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim oxirida ushbu 36 yoshli shvetsiyalik forvard Xonatan dos Santosning zarbasini aql bovar qilmas uslubda darvoza to‘riga joyladi.

Bu gol ushbu forvard uchun faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi. Ayni vaqtda futbolchilik faoliyatini davom ettirayotganlar orasida faqat ikki futbolchi shunday natijaga erishgandi. Shu vaqtgacha 500 gollik nuqtani faqat Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi zabt etishgandi.

Ibrahimovich MLS chempionatining joriy mavsumida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol urdi.

Ibrahimovich «Los-Anjyeles Gelaksi»ga shu yil martida «Manchester Yunayted»dan kelgandi. U turli yillarda o‘z gollarini «Malmyo» (18), «Ayaks» (48), «Yuventus» (26), «Inter» (66), «Barselona» (22), «Milan» (56), «Pari Sen-Jyermen» (156) va «MYu» (29) klublarida urgan. U 2001 yildan 2016 yilgacha Shvetsiya terma jamoasi libosida xalqaro maydonlarda harakat qilgan va 62 golga mualliflik qilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Tribuna.uz (@tribuna.uz) on

 

Mavzuga oid