Zlatan Ibrahimoviç futbolçilik faoliyatini yakunladi. 41 yoşli şved bu haqda A Seriyaning sönggi turida «Milan» «Verona»ni mağlub etgan (3:1) öyindan keyin rasman e’lon qildi. Bungaça OAVda uşbu forvard faoliyatini «Monsa»da davom ettirişi haqida gaplar yurgandi, ammo u baribir butsalarini mixga ilişi haqida ma’lum qildi. Zlatan 41 yoşda, yakunlangan mavsumda atigi tört öyinda maydonga tuşib, bir gol urdi, jamoadoşlari uçun köproq ustoz rolini bajardi.

Ibraning ketişi — futbol olamidagi jiddiy voqealardan biri böldi, uning futboldagi örni beqiyos. Quyidagi materialda Zlatanning voqealarga boy sarguzaştlaridan eng muhimlari eslab ötiladi.

Bolaligida jamoadoşlari bilan muştlaşgan va barça ota-onalar uni yomon körişgan

Zlatan mahalliy futbol maktabiga 6 yoşidan qatnay boşlagan. Özining tan olişiça, öşa vaqtda u ğalabalarga unçalik ahamiyat qaratmagan — uni raqibni masxara qiliş va fintlari bilan uni kamsitiş imkoniyati köproq qiziqtirgan. Murabbiylarning haddan taşqari konservativligi va ularning Zlatanning takabbur öyinidan noroziligi Ibrani muhojirlar öynovçi «Bolqon» klubiga ketişga majbur qiladi.

«Malmyo B» klubida şved otalar turar va qiçqirardi: «Qani, bolalar! Ajoyib iş!» «Bolqon»da esa biroz oşirib yuborişardi. Bu yugoslavlar aqldan ozgan, ular köp çekişardi va oyoq kiyimlarini har tomonga uloqtirişardi. Bunday pallalarda men öylardim: «Ajoyib, xuddi uydagidek. Mening joyi şu yerda!» — deya hikoya qilgan Zlatan avtobiografiyasida.

Qaysidir pallada Ibrani darvozabon pozitsiyasida ham öynatişgan, ammo u juda kiçikligidayoq hujumçi pozitsiyasida özini yaxşi tomondan körsata boşlagan. Bir safar mahalliy jamoaga qarşi muhim öyinda uni zaxira örindiğida qoldirişadi. Zlatan ham, jamoadoşlari ham şok holatida edi. Birinçi bölimdan keyin uning jamoasi 0:4 hisobida ortda borardi. Ikkinçi bölimda murabbiy Ibrahimoviçni tuşiradi va u raqib darvozasiga sakkizta javobsiz gol yöllaydi.

Kunlardan birida Ibraning otasi keladi va unga deydi: «Qaysidir katta klubda öynaş vaqti keldi. Menga masalan «Malmyo» yoqadi. Zlatanning özi bu jamoa haqida eşitmagan bölsa-da, u otasiga quloq soladi va körikka boradi, bir kundan keyin klub tizimiga qabul qilinadi.

Ammo şunday katta klubda öynab ham, Zlatan özgarmaydi. U hamon jamoaviy körsatmalarga tupurib qöygan, driblinglari bilan raqiblarning boşini aylantirar va muntazam ravişda jamoadoşlariga baqirardi. Bir safar hissiyotlarini haddan taşqari oçiq ifoda etgani tufayli hakam Ibraga sariq kartoçka körsatadi. Bunga javoban u hakamni sökadi va qizil oladi.