
AQŞning Jorjiya ştatida Tumsboro şahri deyarli butunligiça sotuvga qöyildi. Xaridor nafaqat turar joylar, balki köplab boşqa inşootlar: restoran, mehmonxona, tegirmon va hattoki “opera teatri”ni qölga kiritadi, deb aytilgan Craigslist saytida joylangan e'londa.
Şahar 1,7 mln dollarga sotilmoqda. Ta'kidlanişiça, bu qiymat Nyu-York yoki AQŞning boşqa biroq yirik şahridagi nufuzli tumandagi kvartira narxiga teng.
Xaridor, şuningdek, paxta saqlaş uçun ombor, banket zali, sartaroşxona, eski bank binosi, 1869 yilda qurilgan temir yöl deposi, sun'iy hovuz, artezian çaşmasiga ega böladi.

“Şaharning hozirgi egalari Tumsboro yaxşi qöllarga tuşişiga umid qilişmoqda. Şaharning yangi egalari bu joyning öziga xosligini va uning tarixiy qiyofasini saqlab qolişlari muhimligini anglaşlari lozim”, deb aytilgan saytda. Şaharni sotuvga qöyganlar undan turistik maskan va oçiq osmon ostidagi muzey, musiqiy festivallar yoki filmlar suratga oliş joyi sifatida foydalaniş mumkinligini aytişmoqda.
Tumsboro şahri XIX asrning ikkinçi yarmida temir yöl deposi atrofida barpo etilgan. Uning umumiy maydoni 4,9 kv. km ni taşkil qiladi.











