
Xitoy imidjining tarkibiy qismini qalbaki buyumlarni işlab çiqariş ham taşkil qiladi. Ularning sifati turliça, biroq dunyo böylab tarqalgan.
San'at ham rassomçilik asarlari nusxalarini yaratiş industriyasiga aylangan. Ularni çiziş Dafen nomli qişloqning asosiy faoliyatidir. Bu yerda maşhur rassomlarning turli mamlakatlarda sotiladigan asarlari yaratiladi. Nusxalarni yaratiş biznesga aylangan.

Dafen rassomlar maskani qişloq emas, Şençjen şahri taşqarisidagi oddiy ixçam tuman. U yerda Ğarbiy Yevropa san'at asarlari durdonalarini ommaviy ravişda yaratişni özining kasbi deb bilgan yarim million rassomlar istiqomat qiladi. Yil davomida ular beş milliongaça surat işlab çiqarişadi. Ğaroyib nusxalarni mehmonxona, dökon va turli mamlakatlar galereyalarida osiğliq holda uçratiş mumkin.

Mazkur surat fronti işçilari öz işini notöğri deb hisoblamaydi. Bundan taşqari, mahalliy qonunlarga köra, bu – qonuniy biznes.
Tor köçalar böylab ustaxonalar qatorlari joylaşgan bölib, u yerdan şaxsiy tanlovga asosan istalgan asarni sotib oliş yoki uni çizişga buyurtma beriş mumkin. Suratlar obröli rassomçilik akademiyasi diplomiga ega mehnatkaşlar tomonidan yaratilgan. Ular bir tipli suratlarni yaratişdan boşqa yaxşiroq iş topişga muvaffaq bölişmagan.

Bu yerda iş qizğin: kimdir stolda ötirib, çizmalar çizmoqda, boşqa birov molbert yonida ijod qilmoqda, yana boşqa rassom esa rassomçilik materiallari bilan savdo qilmoqda. Rassomlar yonida nusxa köçirilayotgan suratlarning asl nusxasining fotosi böladi.
Deyarli har bir asar yuqori sifatli: axir usta bir turdagi suratlarni kundalik ravişda işlab çiqarib, qölini “pişitgan”.













