Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan kelişmovçiliklar tufayli öz lavozimini tark etişi mumkin, deya xabar beradi Los Angeles Times Pentagon va Oq uydagi amaldorlarga tayangan holda.

Manbalardan birining sözlariga köra, prezident mudofaa vazirining sadoqatini şubha ostiga qöygan.

«U [Tramp] Mettis Trampning boşqa odamlari kabi sodiq emas, deb öylamoqda. Ya'ni, u buni omma oldida, sözsiz va butunlay bildirişi kerak», - deya ma'lum qilgan amaldor.

Boşqa manbalarning ma'lum qilişiça, Pentagon rahbari Trampning xatti-harakatidan va u mojaroli siyosiy bayonotlarga moyilligidan hafsalasi pir bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Pentagon rahbarini ham işdan böşatiş haqida öylayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning faoliyatidan qoniqiş hosil qilmayapti.