Kuz romansi
San-Sebastyan – Ispaniya şimolidagi gözal şaharlardan biri bölib, bu şahar Biskay körfazi qirğoqlariga yaşiringan. Bu esa hududda beqaror iqlim bölişini ta'minlaydi – şamollar, yomğirlar, ayniqsa qişki vaqtda. «Barselona» oxirgi yillar basklarga qarşi safar öyinlarini yanvar oyida ötkazgan, sentabr oyida - oçiq osmon ostida «Real Sosedad» maydonidagi öyin ança vaqtdan buyon kuzatilmagandi.
Eski tavqi la'nat
«Anoeta» - basklarning uy stadioni köp yillardan buyon «Barselona» uçun qörquv manzili bölib kelgan, bu stadion katalonlar uçun la'natlangan stadionga aylangandi. Katalonlarning bu yerdagi oxirgi ikki ğalabasi örtasidagi muddat 11 yilni taşkil etardi - 2007 yilda 2:0 hisobidagi ğalabadan keyin faqat şu yil yanvariga kelibgina 4:2 hisobidagi ğalaba qayd etildi. 11 yil davomida jamoalar La Liga doirasida 7 uçraşuv ötkazgan («Real Sosedad» ma'lum muddat quyi divizionda iştirok etdi) va bu uçraşuvlarda katalonlar 5 marta mağlub bölib, 2 durang qayd etişgan.
San-Sebastyanda Pep Gvardiola ham, Tito Vilanova ham, Tata Martinov va Luis Enrike ham mağlub bölgan. Bu yerdan Messi, Xavi, Neymar va Aleksis Sançes kabi yulduzlar gol ura olmasdan ketişgan. «Biskay uçburçagi»da katalonlar kemasi qayta va qayta çökkan, faqat 2018 yilning yanvarida Ernesto Valverde muvaffaqiyat qozona oldi. Öşanda ham mezbonlar avvaliga 2:0 hisobida oldinga çiqib olişgan va katalonlar iroda körsatib, tarixiy ğalabaga erişgandi.
Yangi «Anoeta»
Ötgan yilning oktabrida basklar stadionni yangilaşga kirişdi. Asosiy vazifa - «Anoeta»ni haqiqiy futbol stadioniga aylantiriş edi, yuguriş yölaklari olib taşlandi va qöşimça qavatlar örnatilib, stadion siğimi 32 mingdan 42 ming kişiga yetkazildi.
Mavzuga oid
Quriliş işlariga 47 million yevrolik byudjyet ajratildi. Stadion tayyor bölguniça, bu mavsumning ilk 3 turini «Real Sosedad» safarda ötkazdi.
«Barsa» uçun halokatli bölim
Öyinda hisobni mezbonlar himoyaçisi Elustondo oçdi. Standart vaziyatdan keyin darvoza ustunidan qaytgan töpga ega çiqqan futbolçi Ter Ştegenni ojiz qoldirdi.
Qatorasiga oltinçi mavsum katalonlar «Anoeta»da birinçi bölib gol ötkazmoqda. Valverde terma jamoa öyinlaridan qaytgan Buskets va Koutinoni tuşirmadi, Rafinya asosiy tarkibdan joy oldi. Ammo bu özini oqlamadi, birinçi bölim «Barselona» uçun juda yomon keçdi, birorta ham xavfli vaziyat yaratilmadi, jamoa bu yerga oçko oliş uçun kelgandek körinmadi.
Ikkinçi bölimdagi buriliş
Ammo kataloniyaliklar murabbiyi öyinda özgariş yasay oldi. U ikkinçi bölim boşidayoq Buskets va Koutinoni maydonga taşladi va «Barselona» öyini butunlay özgardi. Öşa-öşa sxema işga tuşdi, öyinda mazmun paydo böldi, tezlik oşdi. Atigi 3 daqiqada 2ta samarali hujum uyuştirilib, Suares va Dembele «Real Sosedad» himoyasi hamda darvozabon Rulini jazoladi.
Maydon egalari mağlubiyatdan qutulib qolişlari mumkin edi. Ammo Ter Ştegen kamida 3 marta jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. «Barsa» himoyasida köplab xatolar böldi, ammo «Real Sosedad» raqib xatolaridan foydalana olmadi.
Turnir favoritlaridan biri Bilbaoda oçko yöqotdi. Bunga basklar yangi darvozabonining fantastik harakatlari sabab.
Basklar yurtidagi imtihon
Ispan futbol tojiga da'vogar ikki jamoa - «Barselona» va «Real» 4-turda basklar ölkasida jiddiy imtihondan ötişdi. Katalonlar qiyinçilik bilan bölsa-da ğalabaga erişdi, ammo madridliklar «San Mames»da ğalaba qozona olişmadi va asosiy raqobatçini oldinga ötkazib yuborişdi.
Şerlar yuragi
«Atletik»ning ikkinçi nomi «Şerlar». Bu jamoa safar öyinlarida qançalik yomon öynasa-da, öz uyida heç kimga taslim bölişni istamaydi. Katta jamoalar hamişa bu yerda katta qiyinçiliklarga duç kelişgan. La Liga doirasida Bilbaodagi oxirgi 5 uçraşuvda «Real» bu yerdan 15 örniga 8 oçko bilan qaytgan.
Umidli Simon
Faqat şu yil avgustida örinbosarlar tarkibidan asosiy jamoaga ötkazilgan 21 yoşli Unai Simon 90 daqiqa içida barçani Kepa Arrisabalagani unutişga majbur qila oldi. Kepa 80 million yevro evaziga «Çelsi»ga yöl olganida köpçilik basklar endi u darajadagi darvozabon topa olişiga işonqiramay qaragandi. Ammo şanba oqşomidagi öyinda Simon oyoqlari bilan ham, qöllari bilan ham «Real»ning kamida 5ta golini yöqqa çiqardi.
Munianning goli
Mehmonlar öyinning dastlabki daqiqalaridanoq hujumda harakat qildi, «Atletik» öz vaqtini kutdi. Simonning qahramonliklaridan keyin, birinçi bölimning ikkinçi qismida nihoyat Kurtua darvozasi tomon ham xavf solina boşlandi. Uilyams va Munian juftligi raqib jarima maydonidagi pala-partişlikdan foydalanib hisobni oçişdi.
Iskoning javobi
Madridliklar uzoq vaqt javob qaytara olişmadi, bunga Simon tösqinlik qildi. U Beylning jarimadan bergan zarbasini, qaytgan töpga yetib kelgan Ramosning zarbasini qaytarişi munosib olqişlar bilan qarşilandi. «Qirollik klubi» töxtovsiz hujumlar uyuştirib, zarbalar berar, yoş darvozabon özini körsatardi. Faqat bir marta, zaxiradan öyinga qöşilgan Iskoning boş bilan uzoq burçakka yöllagan zarbasini u tösib qololmadi.
Ammo u keyin ham gol ötkazmadi. Final huştagi çalinişi arafasida asablar jangi boşlandi va hakam çöntagidan ketma-ket sariq kartoçkalar çiqa boşladi. «Atletik» jarohat tufayli Munianni yöqotgandan keyin ham hujum qilişni töxtatmadi hamda durang hisobni uşlab qoldi.
Bilbaoda yangi darvozabon porlamoqda. Madrid ilk marta oçko yöqotdi. Endi «Barselona» bilan oradagi farq 2tani taşkil qilmoqda.
Diyego Simeone jamoasi mavsumni yaxşi boşlamadi, birinçi turda «Valensiya» bilan durang (1:1), 2-turda kamtar «Rayo Valekano» ustidan kamtar hisobdagi ğalaba (1:0), uçinçi turda esa «Selta»ga uçralgan mağlubiyat (0:2).
Endi jamoa «Vanda Metropolitano»da öz muxlislari qarşisida özini oqlab olişi mumkin edi. Ammo «Eybar» bunga yöl qöymadi. «Atletiko» köp sonli hujumlarini gol bilan yakunlay olmadi, Diyego Kosta ham, Antuan Grizmann ham yakkama-yakka vaziyatlarni yöqqa çiqardi. Şundan söng mehmonlar hujumga öta boşlaşdi, ikki marta Oblak joniga darvoza ustunlari oro kirdi. 87-daqiqada Serxi Enriç Godinning xatosidan keyin gol urib, mezbonlarni halokat yoqasiga keltirib qöydi. Ammo öyinga zaxiradan qöşilgan, 19 yoşli Borxi Garses qöşib berilgan 4-daqiqada gol urib, La Ligadagi debyutidayoq jamoani qutqardi.
Endi uni Fernando Torresga qiyoslay boşlaşdi. U madridliklar jamoasining yangi stadionidagi 50-goli muallifi sifatida tarixga kirdi.
Ötgan mavsumda kuçlilar qatorida borgan va mavsumni kuçli törtlikda yakunlagan «Valensiya»da bu mavsum kutilganidek pasayiş kuzatildi. Çunki jamoa ötgan mavsumdagi asosiy yetakçilarini tarkibda saqlab qololmadi. Lekin jamoa bu qadar pastga şönğişi kutilmagandi, ayni vaqtda valensiyaliklar 4 öyinda 1 mağlubiyat va 3 durang qayd etgan holda 3 oçko bilan 17-örinda joylaşgan.
Bu haftada «Valensiya» ham, «Betis» ham yevrokuboklardagi iştirokini boşlaydi. «Valensiya» Çempionlar ligasida, «Betis» Yevropa Ligasida guruhdagi ilk öyinlarda maydonga tuşadi. «Betis»ga qarşi öyin «Valensiya»da muammolar borligini körsatib qöydi va jamoada «Yuventus», «Mançester Yunayted» hamda «Yang Boyz» klublari orasida keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati juda past.
«Sevilya» bu turda öz maydonida «Xetafe»ga yutqazdi (0:2) va turnir jadvalida 4 oçko bilan 11-öringa joylaşgan. «Espanol» «Levante»ni mağlub etib, kutilmaganda 7 oçko bilan törtinçi öringa kötarilgan.
Bugun tur doirasidagi oxirgi öyin «Jirona» va «Selta» klublari örtasida bölib ötadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi