Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining qarori bilan Banklarni röyxatga oliş va ular faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi.

Bundan oldin, tijorat bankining ustav kapitalida bir aksiyador yoki bir neça aloqador aksiyadorlar guruhi uluşi (davlat uluşidan taşqari) ustav kapitalining umumiy hajmidan 25%dan ortiq bölişi mumkin emas edi.

Şuni ta'kidlaş joizki, bu xorijiy kapital va xususiy banklar uçun qöllanilmagan.

Endi çeklov butunlay olib taşlandi.

Bundan taşqari, çet el kapitali iştirokidagi banklarda çet elliklarning uluşlari böyiça çeklovlar ham özgardi. Ilgari, kamida 30% çeklov mavjud edi, endi bu minimal çegara 15%gaça qisqartiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Halyk Bank Toşkentda Tenge Bank taşkil etilişini ma'qullagan edi.