Rossiya KXDR yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namni asabni falaj qiluvçi modda yordamida öldirişda Şimoliy Koreya maxsus xizmatlariga yordam bergan. AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli BMT xavfsizlik kengaşi yiğilişida ana şunday bayonot bilan çiqdi.
«KXDR Kim Çen Namga nisbatan qotillikni biologik moddani Şimoliy Koreyaga bergan Rossiya yordamida amalga oşirgan», — dedi Xeyli. Xeyli şuningdek, Rossiya BMTni KXDR bilan boğliq masalalarda «aldayotganini» aytdi va sanksiyalarni «surunkali» buzib kelişni töxtatişni talab qildi.
Yiğilişdan avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya Xavfsizlik kengaşining Şimoliy Koreyaga nisbatan kiritgan sanksiyalar rejimini «faol tarzda buzişga» urinişda va uning rezolyutsiyasiga rioya qilmaslikda ayblagandi.

















