Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan ötkazgan videoselektor yiğilişidagi ma'ruzasida “Deputat böliş, xalq işonçini qozoniş va uni munosib ravişda oqlaş — bu oson emas. Bunday şaraf har kimga ham nasib etmaydi. Deputat — fikri zikri bilan xalqqa eng yaqin odam, doimo el-yurtning taşviş va muammolari bilan yaşaydigan, katta bilim va tajribaga ega bölgan şaxs”, deya ta'kidlagan edilar.
Darhaqiqat, deputat eng avvalo, xalq vakili. U aholi manfaatlarini ifoda qiladi, taklif, muammo va murojaatlarini tinglab, şu asosda iş olib boradi, xalq va davlat örtasida köprik vazifasini ötaydi. Deputat aholi tomonidan davlat hokimiyatining oliy, mahalliy vakillik organlariga saylangan işonçli vakilidir. Şuning uçun uning zimmasida saylovçilar manfaatlarini ifoda etiş vazifasi turadi.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Şayxontaxur tuman Kengaşi deputati Lutfulla Xayrullayeviç Ubayev "Ipakçi" mahallasining aholisi holidan doimiy ravişda xabar olib turibdi.
Deputatning şaxsiy taşabbusi bilan mahalladagi kam ta'minlangan oilalar ahvoli örganilib, ularni moddiy tomondan qöllab-quvvatlaş, ularga har tomonlama yordam körsatiş böyiça tizimli işlar yölga qöyilgan.

Joriy oyining 17, 18 sentabr kunlari mahalladagi 150 dan ortiq kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan oilalarga plastik tölov kartalari oçib berilib, pul körinişida moddiy yordam körsatildi.




Albatta, amalga oşirilayotgan bu kabi ezgu işlardan mahalla ahli minnatdor. Mahalla oqsoqollari Lutfulla Xayrullayeviç Ubayev kabi katta hayot tajribasiga ega, öz işining haqiqiy fidoyisi va mahalla rivoji uçun keçayu kunduz tinmay mehnat qiladigan deputat haqqiga doimiy duolar qilişmoqda.










