Fanlar akademiyasi farmatsevtika sohasi uçun yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratiş böyiça kompleks dasturni işlab çiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.  
 
Norma’ning yozişiça, yetarli mablağ bilan ta'minlamaganlik va maqsadli dasturning mavjud emasligi farmatsevtika sanoati ilmiy-texnik jihatdan va eksport salohiyati rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi asosiy omil bölayotganligi körsatildi.  
 
Turli soha mutaxassislarining sa'y-harakatlari birlaştirilsa, yangi dori preparatlari, dorivor şakllar, generiklar substansiyalarini oliş texnologiyalari va tibbiyot buyumlarini yaratişga kompleks yondaşuvni işlab çiqiş va amalga oşiriş imkoni yuzaga keladi.
 
Quyidagilarni tadqiqotlar ötkazişga jalb etiş rejalaştirilmoqda:
 
• Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari;
• Innovatsion rivojlaniş vazirligining ilmiy muassasalari;
• Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining ilmiy va oliy ta'lim muassasalari;
• Soğliqni saqlaş vazirligining ilmiy va oliy ta'lim muassasalari, ixtisoslaştirilgan markazlari.
 
Innovatsion rivojlaniş vazirligini dastur doirasida ötkaziladigan barça tadqiqotlarning yagona davlat buyurtmaçisi etib belgilaş taklif etilmoqda. Uning özi ilmiy işlanmalarni tanlov asosida saralab oladi, şuningdek innovatsion ilmiy asbob-uskunalarni tanlov asosida xarid qiladi.
 
Quyidagilar dasturni moliyalaştiriş manbalari etib belgilanişi mumkin:
 
• idoraviy böysunuvi va xalq xöjaligi sohasidan qat'i nazar, korxonalarning innovatsion rivojlanişga yönaltiradigan mablağlari;
• Dastur doirasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajariş qismida Özbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlaniş vazirligi ötkazadigan  tanlovlar natijalari böyiça ajratiladigan grantlar;
• yuridik va jismoniy şaxslar, Özbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari belgilangan tartibda taqdim etadigan investitsiyalar va xayriya mablağlari;