Jahon | 18:46 / 18.09.2018
5755
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi hayvonot bog‘ida tutqunlikdagi eng qari delfin o‘ldi

Foto: DPA

Germaniyadagi hayvonot bog‘ida tutqunlikda yashagan delfin 58 yoshida o‘ldi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.  

Afalina zotiga mansub Mobi laqabli delfin Nyurnberg shahridagi hayvonot bog‘ida 48 yil yashagan.

Xabar qilinishicha, yakshanba kuni ertalab delfin ovqatlanish uchun suzib chiqmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari uning kasalligini aniqlash maqsadida kerakli tahlillarni olishgan, ammo delfin bir necha soatdan keyin o‘lgan.

Afalina delfinlari qo‘lga oson o‘rganadi, ulardan hatto jangovar maqsadlarda ham foydalaniladi. Ular tabiiy muhitda 25 yilgacha, tutqunlikda 50 yilgacha yashashi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid