Ekologlar mart oyi davomida Qora dengizning Krasnodar ölkasi sohillaridan yana 104 ta ölik delfinni topdi. Bunga Kerç böğozida halokatga uçragan tankerlardan tökilgan mazut sabab bölgan, deb xabar beradi «Kommersant».
Aprel oyining 10 kuni davomida 23 ta ölik delfin aniqlangan. «Delfa» delfinlarni qutqariş ilmiy-ekologik markazining ma’lum qilişiça, 2024 yil 15 dekabrda neft mahsulotlari tökilganidan keyin Qora dengiz sohillaridan 84 ta ölik delfin topilgan. Mart oyining birinçi haftasida Krasnodar ölkasida yana 22 ta delfin jasadi aniqlangan. Şunday qilib, mazut tökilişi oqibatida nobud bölgan jonzotlar soni 200 taga yaqinlaşmoqda.
Ekologlarning ta’kidlaşiça, Qora dengizdagi delfinlarning ommaviy ravişda nobud bölişi har yili mart oyidan iyunga qadar kuzatiladi. Yoqilği tökilişining oqibatlari dengiz sutemizuvçilari uçun infeksiyalar va immunitet pasayişi kabi odatiy ölim xavfi holatlarini yanada kuçaytirmoqda.
Odatda sohilga çiqib qolgan jonzotlar — bu quvvatsiz va baliqçilar töriga tuşib qolganidan keyin jarohatlangan delfinlar böladi. Ba’zida baliqçilar delfinlar törga tuşib qolganini yaşiriş maqsadida jarohat olgan dengiz jonzotlarini öldiradi. «Delfa» mutaxassislarining ta’kidlaşiça, 2025 yilda tör qöyiladigan qalqonbaliqlarni tutiş uçun ajratiladigan kvota sezilarli darajada oşgan.
Mart oyida Krasnodar ölkasida mazut tökilişi oqibatlarini bartaraf etişga yordam berayotgan volontyorlar falokatdan keyin 87 ta delfin, şuningdek, 4123 ta quş ölik holda topilganini ma’lum qilgandi. Bundan taşqari, yana 7815 ta quş Vityazevodagi hayvonlarni qutqariş markaziga olib borilgan.
Avvalroq ekolog va zoologlar mazut tökilişi oqibatida 10 millionga yaqinga quşlar zaharlaniş yoki nobud böliş xavfi ostida ekanidan ogohlantirgan edi.
Eslatib ötamiz, 15 dekabr kuni Kerç böğozida, Qora dengizning Krasnodar ölkasi sohillaridan 50 kilometr içkarida «Volgoneft-212» va «Volgoneft-239» tankerlari halokatga uçragan edi. Neft mahsulotlari sizib çiqişi oqibatida suv ifloslangan — rasmiy ma’lumotlarga köra, dengizga uç ming tonnadan ortiq mazut oqib ketgan.













