Öqituvçilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, çunki mamlakat farovonligi bevosita boğliq bölgan xalqning savodli bölişi uçun poydevorni aynan öqituvçilar qöyişadi. Ayrim mamlakatlarda öqituvçilarning davlat rivoji uçun qöşayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxşi maoş tölanadi.
Quyida öqituvçilar yiliga eng köp maoş oladigan mamlakatlar bilan tanişişingiz mumkin.

17. Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada école maternelle deb ataluvçi maktabgaça ta'limdan keyin majburiy ta'lim tizimi uçta: école, collège va lycée bosqiçlariga bölingan.

16. Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgaça ta'limdan oliy ta'limgaça bölgan davrda ta'lim oliş uçun davlat yoki xususiy ta'lim muassasasidan birini tanlaş mumkin.

15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada öquvçilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uçun barça maktab öquvçilari bir xil libosda yurişlari şart.

14. Şvetsiya — 36,766.81 dollar
Şvetsiyada majburiy maktab ta'limi tört: maktabgaça, kiçik, örta va katta ta'lim bosqiçlariga bölinadi.























