Moskvada noyabr oyi boşida bölib ötadigan Xalqaro havaskor boks federatsiyasida (AIBA) prezidentlik saylovlari sönggi yillarda şunga öxşaş saylovlar orasida eng qiziqarli va keskin bölişi kutilmoqda. AIBA rahbari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi Ğofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) örtasidagi ziddiyat şunday holatni keltirib çiqardi. XOQ Amerika sanksiyalari ostida bölgan özbekistonlik amaldorga nomzodini bekor qilişni tavsiya qildi, aks holda Olimpiya dasturidan boks çiqarib yuborilişi mumkinligi bildirildi. Lekin Ğofur Rahimov bosimga yöl qöyib bölmasligi haqida ma'lum qildi. Rossiya boks federatsiyasi Ğofur Rahimovni qöllab-quvvatladi, taşkilot boş kotibi Umar Kremlev esa «bunday prezident bilan boksda şubhasiz kelajak borligi» haqida aytib ötdi, deb yozmoqda «Kommersant'» naşri.

Xalqaro havaskor boks federatsiyasi prezidentligiga bölib ötişi möljallangan saylovlar mavzusi şu hafta boks hamjamiyatida eng muhokama qilinuvçi masalaga aylandi. Saylovlar 3 noyabr kuni Moskvada ötkaziladi. Saylovlar bilan boğliq vaziyatga ulardagi asosiy favorit bölgan Ğofur Rahimovning atrofidagi holat keskinlik berdi.

U ötgan yili, yanvar oyida, uşbu tuzilmadagi boşqaruv inqirozi paytida AIBA prezidenti vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi böldi. Inqirozning qurboniga federatsiyaga 2006 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan tayvanlik U Tszingo aylandi. Ma'lum bölişiça, uning boşqaruvi paytida moliyaviy holat juda açinarli darajaga kelib qolgan, ba'zi ma'lumotlarga köra esa, qarzdorlik 50 mln dollarga yetgan. Bu muammolar sportga öz ta'sirini ötkazmay qolmadi - masalan, boks olamida malakasiz va köp paytlarda xolis bölmagan hakamlikdan ğazablaniş holatlari köpayib bordi.

Ğofur Rahimov vaziyatni töğrilaşga bir qator qadamlar qöydi. U AIBA qarzlarini yöqotib, hakamlik sifatini oşirişga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oşirdi. Rahimov prezident sifatida saylanadigan bölsa, AIBA’da keng kölamli islohotlarni ötkazişga va'da berdi. Osiyo boks konfederatsiyasi rahbari Serik Qönaqbayev u bilan saylovlarda raqobat qilmoqçi bölgan yagona nomzodga aylandi, biroq tahlilçilar uning imkoniyatlarini juda past baholaşmoqda.

Foto: Kazinform