14 sentabr kuni AQŞning şarqiy qirğoğiga «Florens» töfoni yetib keldi. Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, AQŞdagi 930 mingga yaqin iste'molçi elektrsiz qolgan. AQŞ milliy gvardiyasining öng mingga yaqin harbiy xizmatçisi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qiliş uçun safarbar qilingan.
Hozirgi vaqtda Şimoliy va Janubiy Karolinaning 27 mingdan ortiq aholisi vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirilgan.
Prognozlarga köra, “Florens”dan köriladigan zarar kamida 27 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin. Bunday bahoni Bloomberg axborot agentligi keltirib ötgan.
Agentlikning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati 2005 yilda Luiziana ştatiga yopirilgan “Katrina” töfonidan vayron bölgan infratuzilmani tiklaşga eng köp pul sarflagan. Töfon öşanda 160 mlrd dollarlik ziyon yetkazgan.
















