Audi özining ilk seriyali elektromobili E-tron haqidagi ma'lumotlarni oşkor qildi. Ma'lum qilinişiça, avtomobil bozorga 2018 yil oxirida çiqadi va 75 ming dollar turadi.
Audi E-tron umumiy quvvati 350 ot kuçiga ega ikkita elektrodvigatel va 95 kVt⋅soat siğimga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Avtomobil bir quvvatlanişda 400 kmgaça yöl bosa oladi.

Elektrokarning maksimal tezligi 200 km/soatni taşkil qiladi, haydovçilarga esa 7 ta haydaş rejimi taqdim qilinadi.
E-tron’da qöşimça optsiya sifatida yon közgulardan voz keçiş mumkin, uning örniga kamera örnatiladi. Undagi tasvir salonga uzatiladi. Hozirda bunday videoközgular faqatgina Yaponiyada qonuniylaştirilgan.

E-tron’ning oynavand tomli va isitiluvçi örindiqlarga ega eng arzon versiyasi 74800 dollar turadi. Prestige versiyasi esa 82 ming dollar turib, öz içiga kattalaştirilgan markaziy displey va massaj qiluvçi örindiq olgan. Elektrokarning First Edition versiyasi 86700 ming dollar turadi, u kuzovi va intereri ranglari, 21 dyuymli ğildiraklari bilan farqlanadi va tungi kuzatuv tizimi bilan jihozlangan.











