Yevrokomissiya (YeK) Jahon savdo taşkilotini zamonamizga köproq mos kelişi uçun isloh qiliş rejasini taqdim qildi. 

“Tizimni zamonaviy global iqtisodiyot qiyinçiliklarini yenga oladigan qiliş uçun harakatlar vaqti keldi”, deb aytilgan savdo böyiça yevrokomissar Sesiliya Malmstremning bayonotida.

Avvalroq Malmstrem matbuot anjumanda JST tizimi tez özgaruvçan global iqtisodiyotga, misol uçun, elektron tijoratga yetarliça darajada moslaşa olmagani sababli ehtimol çuqur inqirozdaligini, biroq JST öz-özini isloh qila olmasligini va bu boradagi javobgarlik uning a'zolari gardanidaligini aytgan.   

Bayonotga köra, islohotlar uçta asosiy soha – jahon savdosi qoidalarini yangilaş, JSTning monitoring rolini kuçaytiriş va taşkilot doirasida bahslarni hal qiliş tizimidagi joriy turğunlikni yengib ötişga taalluqli böladi.

“Yevropa Ittifoqi aniq takliflarni tayyorlaş uçun taqdim qilingan dastlabki ğoyalarni JST böyiça boşqa hamkorlari bilan yaqin haftalarda muhokama qilişni davom ettiradi”, deb aytilgan bayonotda.