2018 yil mart oyida Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Vazir qişloği «Döstlik boği» mahallasining önlab xonadoni içimlik suvi ta'minotiga ulandi. Biroq, odamlarning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Oldiniga, bir neça hafta davomida suv ta'minotida uzilişlar paydo böldi, söngra mahalla xonadonlari undan butkul uzildi.

Mahallaning 18 nafar xonadoni bu muammo yuzasidan köplab idoralarga, mutasaddi xodimlarga arz qilişdi. Ammo, foyda bermagaç, KUN.UZ tahririyatiga murojaat etişdi. Biz Gurlan tumani Vazir qişloğiga borib, murojaatçilar bilan uçraşdik, vaziyatni örgandik.

2017 yili Vazir qişloği «Döstlik boği» mahallasini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş uçun quriliş işlari boşlab yuborildi. Bir neça yillardan beri yer osti sifatsiz suvlarini iste'mol qilib kelayotgan mahalliy aholi buni kötarinki kayfiyatda qarşi oldi.

Aholiga esa suv ta'minoti tizimiga ulanib oliş taklif qilindi. Biroq, köpçilik bu masalaga tanqidiy yondaşdi, ular: «Oldin köraylik, suv kelsin, ta'minot uzluksiz bölsa, quvurlarga ulanib olamiz», deb kutib turişga qaror qilişdi. 20ga yaqin xonadon esa va'dalarga işonib, katta mablağ sarflab, suv ta'minoti tizimiga ulanib olişdi.

500 ming söm sarflab, suv quvuriga ulanib olgan xonadonning suv jömragi - undan suv kelmaydi.

Şu mahalla a'zosi, 58 yoşli Baxtiyor Tilavov gapiga köra, suv ta'minoti atigi bir oy işlagan xolos.

«Mahallamiz hududidan ötgan yangi suv quvuriga xursandçilik bilan ulandik. Oilamiz bilan toza içimlik suvi içarkanmiz, deb quvondik. Ammo, suv atigi bir oy berildi xolos. Oldiniga, köplab avariyalar sababli, uzilişlar vujudga kelgan bölsa, keyinçalik suv butunlay töxtab qoldi».

57 yoşli Sotimboy Şernazarov qöşnisining gapini tasdiqlagan holda, quvurga ulanib oliş uçun katta pul sarflaganini, biroq, toza içimlik suvi ta'minoti töxtab qolganini aytdi.

Yer ostidan ötgan suv quvuri yorilib, içimlik suvi dalaga oqib ketgan joy

«Suv quvuriga ulanib oliş uçun özim 500 ming söm sarfladim. Boşqa xonadonlar ham şu qiymat atrofida xarajat qilişdi. Ammo atigi bir oy suv içdik xolos. Oldiniga quvurlar yorilib, suv ta'minotida uzilişlar paydo böla boşladi. Keyinçalik, suv butunlay kelmay qoldi».