AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi 20 yil davom etişi mumkin. Xitoylik milliarder, Alibaba Group asosçisi Jyek Ma şunday prognoz bildirdi.

Uning fikriça, bunday savdo uruşidan ikkala tomon ham heç narsa yuta olmaydi va savdoda yuzaga keladigan taranglik Xitoy kompaniyalariga ham, xorij kompaniyalariga ham ta'sir körsatadi. Xitoy biznesi örta muddatli istiqbolda AQŞ tomonidan kiritilgan çeklovlarni aylanib ötiş uçun öz mahsulotlarini boşqa mamlakatlarga ötkazişga majbur böladi.

«Balki siz jangda yutarsiz, ammo uruşda mağlub bölasiz», — degan Ma Xançjouda aksionerlar bilan uçraşuv çoğida. U yangi uzoq muddatli tartiblarga zarurat yuzaga kelganini qayd etib ötgan.

«Donald Tramp örniga yangi prezident kelsa ham, bu davom etaveradi. Bizga savdoda yangi qoidalar kerak, Jahon savdo taşkilotini yangilaş kerak», — degan u.

Milliarderning bu murojaati Xitoy Amerikaning qator mahsulotlariga nisbatan bojlarni oşirişi e'lon qilinganidan keyin berildi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoyning 200 milliard dollarlik mahsulotlariga 10 foiz miqdorida boj tölovi joriy etilişini e'lon qilgandi.  Bu qaror 24 sentabrdan kuçga kiradi, 1 yanvardan esa tariflar 25%ga oşadi. Şu bilan birga Amerika yetakçisi agarda Xitoy javob çoralarini köradigan bölsa, 267 milliard dollarlik mahsulotlarga boj joriy etişning uçinçi bosqiçi boşlanişi  mumkinligini bildirgan.

Xitoy esa 24 sentabrdan Amerikaning 60 milliard dollarlik mahsulotlariga savdo bojlari miqdorini oşiradi.