Italiyaning Val Tartano vodiysi ustidan ötuvçi hamda Morben va Sondrio aholi punktlarini boğlovçi Yevropadagi eng baland osma köprik 22 sentabrda oçiladi.
“Osmonga köprik” deb nomlangan inşoot balandligi 1034 metr bölgan ikkita toğ çöqqisini boğlaydi. Köprik uzunligi 234 metr bölib, 140 metr balandlikda joylaşadi. Uning qurilişi 750 ming yevroga tuşgan.
Köprik mahalliy aholiga boşqa qişloqlar va yaylovlarga tez yetib olişga imkon beradi. Avval buni qiliş uçun ular butun vodiyni kesib ötişlariga töğri kelgan.
Köprik şuningdek diqqatga sazovor joyga aylanişi mumkin. Sayyohlar köprikdan gözal manzaralar – Kolomber töğoni, ötloqlar, Alp çöqqilari, Adda daryosining kölga quyilişi joyini köriş imkonini oladilar. Sayyohlarga köprikka kiriş 5 yevro turadi. Ular bu pulga köprik orqali çeklanmagan marta yuriş imkonini oladilar.












