Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 sentabr kuni “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi A.A. tanishi O.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida “Vaxim” MFY hududiga yetib kelganlarida A.A. o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab O.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada O.A. kasalxonaga yotqizilib, A.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.