Bugun gazeta va jurnallarda, tele va radiokanallarda imloviy xatolar, uslubiy ğalizliklar, normativ-huquqiy hujjatlar nomini çalkaştirib yuboriş oddiy holga aylanib qoldi. Ayniqsa, hududiy ommaviy axborot vositalari bu «musobaqa»da «çempionlik» qilişmoqda.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2017-2018 yillar davomida «qoidabuzar» hamkasblarga nisbatan 200dan ortiq körsatma va taqdimnomalar kiritildi. Öta ğariblaşib, ğovlab, çidab bölmas darajaga kelib qolgan «Qöldan qölga», «Voqif», «Tarovat», «Şarq dunyosi», «Mehnat va turmuş» kabi gazetalar hamda «Koşki-myşki» jurnali faoliyati tugatildi.
Xöş, yuzaga kelgan holatni yaxşilaş uçun yana nima qiliş kerak, yana qanday ta'sir çoralarini qöllaş lozim? Muammoning asl sabablari qayerda?
Eng asosiy çoralardan biri tahririyat xodimlarini öqitiş va malakasini oşirişdan iboratdir. Afsuski, şu paytga qadar ötkazilgan seminar va konferensiyalar hamda öquv maşğulotlariga asosan ommaviy axborot vositalarining rahbarlarini çaqirişga odatlanganmiz. Bevosita işni bajaradigan jurnalist-xodimlar esa panada, heç narsadan xabarsiz qolib ketavergan. Rahbar özi qatnaşgan öquvlardagi yangiliklarni xodimlariga çala yetkazgan yoki umuman yetkazmagan.
Mana şularni hisobga olib, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi bilan birgalikda yangi formatda «Hududiy ommaviy axborot vositalarining holatini yaxşilaş böyiça taklif va tavsiyalar» mavzusida öquv-seminarini ötkazişni boşladi. Uşbu öquv-seminarlari har bir viloyatda taşkil etilmoqda.
Bundan közlangan maqsad Toşkentdan olimlarni olib borib, quruq va'zlar öqiş emas, hududiy ommaviy axborot vositalari tomonidan oxirgi beş yil davomida yöl qöyilgan tizimli qonunbuziliş, xato va kamçiliklarni har bir gazeta va jurnal, veb-sayt va teleradiokanal misolida, körgazmali vositalar yordamida tahlil qilişdir.
Şu bilan birga, tadbirlar davomida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qonunlar, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror, farmon va farmoyişlar, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror va farmoyişlar qabul qilinişi, eng köp xatoga yöl qöyilayotgan sözlarning töğri yozilişi örgatilmoqda. Qonun hujjatlari nomi va normalariga doir ma'lumotlarning berilişida rasmiy manbalar (yoki www.lex.uz veb-sayti)dan foydalanilişi lozimligi alohida uqtirilmoqda.
Mazkur öquv-seminarlarining ahamiyatli jihati şundaki, ularda nafaqat hududiy ommaviy axborot vositalari rahbarlari, balki tahririyatda işlovçi ijodiy va texnik xodimlar, şu jumladan, boş muharrir örinbosarlari, bölim mudirlari, muxbirlar, musahhihlar, sahifalovçi-dizaynerlar va hatto matn teruvçilar ham qatnaşmoqda.











