Kun.uz tahririyatiga Toyloq tumani «Sariosiyo» mahallasidan murojaat kelib tuşdi.
«Men Toyloq tumani Sariosiyo qişloğidagi stadion masalasida murojaat qilyapman. Bizni qişloq ahli ön yil deganda bir amallab stadionga ega bölgan edi. Biroq sönggi paytlarda stadion hududini tuman mutasaddilari kelib, uni har tomondan ölçab ketişmoqda. Ma'lum bölişiça, öşa stadion örniga xususiy bolalar boğçasi quriş rejalaştirilayotgan ekan. Stadion Sariosiyo va Qötirbuloq qişloğidagi 3 mingdan ortiq aholiga xizmat qiladi. Nima sababdan uşbu stadion xususiy boğçaga aylantirilayotganini tuşuniş qiyin.
Vaholanki, qişloğimizda bolalar boğçasi bor. Öşa bolalar boğçasi stadiondan bor-yöği 500 metr uzoqlikda joylaşgan. Xususiy tadbirkor öz sarmoyasini şu yerga sarflasa bölmaydimi? Tayyor stadionni yöq qilişdan maqsad nima?
Qolaversa, stadion yerlari ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy özlaştirilmoqda. Xususan, stadionni oldida qoldirilgan yölni aholi egallab olib, quriliş qilib yuborgan. Natijada, davlat tomonidan qoldirilgan yöl stadion hududiga çiqib ketgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda sportga, xususan, futbolga alohida e'tibor qaratilayotgan bir vaqtda tayyor stadion örniga bolalar boğçasi qurilişidan kim manfaatdor? Qaytanga öşa stadion tuman hokimligi va homiy taşkilotlar tomonidan ta'mirlanib, biror bir sport kompleksi qurib berilsa bu yerda yuzlab yoşlar sport bilan şuğullaniş imkoniyati yaratiladi-ku?! Bu orqali yoşlar örtasidagi jinoyatçilikka barham berilib, ularni soğlom turmuş tarziga yetaklasa böladi.
Sönggi vaqtlarda xususiy boğça quriş maqsadida olingan yerlar keyinçalik şaxsiy tomorqa sifatida sotilib ketiş hollari ham uçramoqda. Bu yerda ham şunday hol bölmasligiga kim kafolat bera oladi?
Hurmatli Kun.uz tahririyati xodimlari, sizlarga murojaat qilişimizdan maqsad, bizning qişloqdagi stadionni ahvolini yaxşilaş, imkoni bölsa şu yerda biror bir sport kompleksi qurilişida amaliy yordam berişingizni sörab murojaat qilmoqdamiz», – deyiladi murojaatda.
Biz murojaatni joyida örgandik va unda keltirilgan savollarga javob izladik.
Mahallada joylaşgan stadion bir oz qarovsiz ahvolda. Stadionda aholi qoramollari boğlangan.

















