Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2018 yilda uch mlndan ortiq yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda
Foto: KUN.UZ
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2018 yilda uch milliondan ortiq yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
«O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha aviakompaniya 2,7 million nafar yo‘lovchi tashigan bo‘lsa, bu yil uch milliondan ortiq yo‘lovchi tashish rejalashtirilmoqda», – deyiladi MAK xabarida.
Xabarda keltirilishicha, parvozlar geografiyasi yildan-yilga kengaymoqda. Oxirgi yil davomida Dushanbega, Samarqanddan Istanbulga yangi yo‘nalishlar ochildi, Lohurga parvozlar tiklandi, Nyu-York, Dubay, Bishkek, Moskva va Rossiyaning boshqa qator shaharlariga qatnovlar soni oshdi.
Shuningdek, yuk tashish bo‘yicha ko‘rsatkichlar ham oshib borayotganligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi
12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi
12:24 / 26.01.2025
2024 yilda Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi
17:03 / 20.01.2025