Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Luis Almagroni “chiqindi” deb atadi.

Avvalroq Almagro Venesueladagi vaziyatni hal qilish uchun har qanday harakatlar, jumladan harbiy variantni istisno qilib bo‘lmasligini aytgan.

“Chiqindi” bo‘lgan ADT bosh kotibiga kelsak... U tarix chiqindixonasidan joy olgan. Venesuela bunday chiqindini o‘zgalarni hurmat qilishga majbur qiladigan erkaklar va ayollar davlatidir”, deb aytgan Maduro Karakasdagi matbuot anjumanda. U Venesuelaga qarshi hujum rejalashtirilayotgan bo‘lsa, Almagroni unga tayyorlanishga chaqirgan. “Agar siz Venesuelaga bostirib kirish kerak deb hisoblayotgan bo‘lsangiz, unda miltig‘ingizni tayyorlang. Biz sizni kutib qolamiz”, deb aytgan Maduro.