Agarda Facebook şaxsiy ma'lumotlardan foydalaniş böyiça kelişuvni YeI me'yorlari bilan muvofiqlaştirmasa, kompaniyani sanksiyalar kutadi. Bu haqda adliya böyiça yevrokomissar Vera Yurova ma'lum qildi.

"Biz Facebook öz majburiyatlarini bajarişini va dekabr oxiriga qadar foydalanuvçi kelişuvini qayta işlaşini kutmoqdamiz. Biz buning ustida ikki yildan ortiq vaqt davomida işlayapmiz va mening sabrim tugab bormoqda. Biz oldinga siljişni emas, natijani körişimiz kerak. Agar natijani körmasak, sanksiyalar kiritiladi", - ogohlantirdi u.

Uning ta'kidlaşiça, Facebook kelasi yil boşida sanksiyalarga duçor bölişi mumkin. Sanktsiyalar Facebook öz majburiyatlarini bajarmaydigan bölsa, YeIdagi maslahatlaşuvlardan söng joriy etiladi.  

Yevrokomissarning qayd etişiça, Facebook foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlardan foydalaniş huquqini ular öz ma'lumotlarini öçirib yuborganidan keyin ham saqlab qoladi, bu esa YeIning şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş böyiça me'yorlariga ziddir.