2018 yilning 19 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) boş kotibi Hadi Suleymanpur bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

H.Suleymanpur Toşkent şahriga 20 sentabrda öz işini boşlagan «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oşirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusida xalqaro konferensiyada iştirok etiş uçun kelgan.

Uçraşuvda savdo-iqtisodiy, investitsion va transport-kommunikatsiya sohalarida mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaş doirasida Özbekiston va IHT örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.